-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Nasos stansiyalarini loyihalash va nasos qurilmalarini sinash
Darslikda nasos stansiyalarini loyihalash va nasos qurilmalarini sinash haqida batafsil ma’lumotlar va namunaviy misoliar berilgan. Shu bilan birga nasos stansiyalarini loyihalashda yo’l qo’yiladigan kamchiliklar va xatoliklami bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berib o’tilgan. Darslik soxa mutaxasisligi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga va nasos stansiyalarini loyihalash, nasos qurilmalarini o’matish, sinash va ta’mirlash bilan shug’ullanadigan mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
-
KLINIK ANATOMIYA II JILD
"Klinik anatomiya" darsligi Toshkent tibbiyot akademiyasi III va kurs talabalariga ushbu fan bo'yicha dars o'tishning ko'p yillik tajribas negizida chop etilgan. Darslik umumiy amaliyot shifokori tayyorlas! o'quv dasturiga to'la mos keladi va 500000 - "ijtimoiy ta'minot sog'ligni saqlash" bilim sohasi, 510000 - Sog'liqni saqlash ta'lim sohasi 5510100 - "Davolash ishi", 5510200 - "Pediatriya ishi", 5510400 "Stomatologiya", 5111000 - "Kasbiy ta'lim" (5510100 - "Davolash ishi" ta'lim yo'nalishlari bo'yicha umumiy amaliyot shifokori-mutaxassi tayyorgarligiga bo'lgan zaruriy mazmun va daraja talablariga mos keladi Darslikda klinik anatomiya masalalari yoritilgan va jarrohlik operatsiyalarining funksional asoslari keltirilgan. Alohida e'tibor hozirg vaqtda qo'llaniladigan zamonaviy uslublar va apparatlarni tahlil qilishg qaratilgan. Ichki a'zolar golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi v magistral qon tomir-nerv tutamlari proyeksion chiziqlari haqid ma'lumotlar, eng ko'p tarqalgan operativ aralashuvlarning ratsiona usullari va operatsiyaning asoratlari va xatoliklar yaxshi yoritilgan. Shu bilan bir qatorda darslikda zamonaviy jarrohlikning rivojlanish yo'llar aks ettirilgan. Har bir bob matni talablarga mos holda tayyorlangan, bu tibbiyot bilimgohlari talabalari uchun klinik anatomiya fani bo'yich amaliy mashg ulotlarni o'tkazish talablariga javob beradi. Darslik tibbiyo oliygohlari talabalari va o'qituvchilariga mo'ljallangan.
-
Futbol va uni o'qitish metodikasi
Mazkur darslik Oliy ta'lim muassalari jismoniy madaniyat fakultetlari o'quv jarayoniga, maxsus sport maktablar, o'quvchilar, talabalar hamda futbol murabiylari uchun mo'ljallangan
-
Menejment
Darslikda moliyaviy, innovatsion va savdo menejmenti, boshqaruv funksiyalari - rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, muvofiqlashtirish va nazorat jarayonlari ilmiy asosda bayon etilgan. Tashkiliy tuzilmalar, mehnatning gorizontal va vertikal taqsimlanishi hamda zamonaviy boshqaruv usullari (tizimli, vaziyatli, integratsiyali, marketingli va boshqalar) keng yoritilgan. Shuningdek, qaror qabul qilish jarayonlari, strategik va taktik rejalashtirish, tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish, yetakchilik kompetensiyalari, motivatsiya nazariyalari, nizo va stressni boshqarish, risk menejmenti hamda axborot-kommunikatsiya tizimlari zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilingan.
-
Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Ushbu darslik 70110201 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Darslikda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasining ilmiy-metodik asoslari, ta’lim jarayonini loyihalash, kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ta’lim mazmunini tanlash va rejalashtirish masalalari tizimli bayon etilgan.
-
Qadam A2.1
Qadam is a complete Urdu beginners curriculum designed to help urdu learners take their first steps towards fluency in Urdu.
-
Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi
Ushbu darslikda basketbol, voleybol, futbol va gandbol sport turlarining kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, jismoniy va psixologik tayyorgarlik, o‘yin texnikasi va taktikalari, mashg‘ulotlarni o‘tkazish qoidalariga oid materiallar, tavsiyaviy mashqlar berilgan va oliy ta’lim muassasalari jismoniy madaniyat yo‘nalishi bakalavrlarining “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” fani dasturi asosida tayyorlangan. Undan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari, magistrlar va o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport maktablarining baketbol, voleybol, futbol va gandbol bilan shug‘ullanuvchilarining boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari murabbiylari, jismoniy tarbiya bo‘yicha tashkilotchiyo‘riqchilar va barcha mazkur sport o‘yinlari ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.
-
Qiѕhloq хo'јаligi iqtiѕodiуoti
Uѕhbu dаrѕlikdа qiѕhloq хo'јаligi iqtiѕodiуotining nаzаriу, tаriхiу vа ilmiу-аmаliу mаѕаlаlаri kеltirilgаn. Qiѕhloq хo'јаligidа уеr, mеhnаt vа moddiу-tехnikа rеѕurѕlаrini ѕhаkllаntiriѕh vа ulаrdаn ѕаmаrаli foуdаlаniѕhning iqtiѕodiу аѕoѕlаri bаtаfѕil уoritib bеrilgаn.
-
Sportni rivojlantirish
Ushbu darslik “Sportni rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy sport tizimining nazariy, tashkiliy, boshqaruv va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari keng yoritilgan. Darslikda sportni rivojlantirish jarayonida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat tuzilmalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy sektor hamkorligining ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, jamiyatlarda sport rivojlanishining zamonaviy modellari, davlat, xususiy va aralash boshqaruv tizimlari, hamda turli mamlakatlar tajribasi asosida qiyosiy tahlillar berilgan. Sport klublarining faoliyati, ularning boshqaruvi, moliyalashtirilishi va jamiyatdagi ijtimoiy ta’siri ham darslikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida yoritilgan.
-
Turizm: nazariya va amaliyot
Darslikda ilg'or xorijiy tajribalardan foydalangan holda turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xorijiy turizm bozorini ri-vojlantirish tendensiyalari, mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat siyosatining maqsadli vazifalari aniq misollar yordamida belgilab berilgan. Darslikdan har bir mavzuni talaba tomonidan yaxshi o'zlashtirish bo'yicha tayanch so'z va iboralar, mustaqil ishlash uchun savollar, amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish uchun topshiriqlar va test savollari o'rin olgan
-
International Standards for Teaching and Assessing English
This textbook is intended for bachelors studying in the field of pedagogical education 60110900 - Foreign Language and Literature (English) and covers the topics of the subject “International Standards for Teaching and Assessing English”, which is taught in the third year.
-
Siyosiy geografiya.
Darslik zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning o'ziga xos yo'nalishlaridan biri bo'lgan siyosiy geografiyaga bag'ishlangan. Unda siyosiy geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, dunyo siyosiy xaritasi va uning shakllanishi xususiyatlari yoritilgan. Shunindek, kitobda siyosiy geografiya va geosiyosat, geosiyosiy konsepsiyalar, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati, O'zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o'rni va roli, geosiyosiy salohiyati hamda tashqi iqtisodiy aloqalariga katta e'tibor qaratilgan.
-
Endokrinologiya
Ushbu darslikda ichki sekretsiya bezlari anatomiyasi, fiziologiyasi, gormonlar va ulaming ta'sir mexanizmlari to'liq yoritib berilgan. Endokrin tizim kasalliklari, etiopatogenezi, klinikechishi, tekshiruv usullari, zamonaviy davolash usullari, profilaktik chora-tadbirlar to la bayon etilgan. Mazkur darslik tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI
"STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI" respublikadagi sog'liqni saqlash tizimida o'tkazilayotgan islohotlar kesimida muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan ushbu darslik birlamchi bo'g'inda keng tarqalgan stomatologik kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini qamrab oladi. Ushbu darslik o'quv rejadagi na'munaviy dastur mavzusi asosida tayyorlangan. Darslikda bolalar va o'smirlar karies va parodont kasalliklari ettologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxislash, davolash hamda profilaktika qilishda ishlatiladigan vositalar, ularni amaliyotda qo'llash, og'iz bo'shligi shaxsiy gigiyena vositalari turlari, ulardan to'g'ri foydalanish va aholi orasida stomatologik kasalliklar kelib chiqish sabablarini(etiologiyasi) bartarafqilish va oldini olish (profilaktika), har xil mintaqa aholi orasida shaxsiy va guruh darajasiga chora tadbirlarni tashkillashtirish, aholiga stomatologik maorifto'g'risida tushuncha berish va hokazolar to'liq yoritib ko'rsatilgan.
-
Brendni boshqarish
Ushbu darslikda keltirilgan mavzular mantiqan ketma-ketlikda tuzilgan bo'lib, unda brend tushunchasi, brend turlari, brend qimmatdorligi va uni iste'molchilar tomonidan his etilishi, brendni farqlash (identifikatsiyalash) va brend yaratish modellari, brendni targ'ib qilish (promotion), tovar belgisini himoya qilishning huquqiy asoslari, brendga sodiqlik va uni boshqarish, birlashtirilgan brending, brendni boshqarish strategiyalari, brendni o'zgartirish, hududiy brending hamda shaxsiy brending kabi mavzular batafsil yoritib berilgan, Mazkur darslik 60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Lekin undan boshqa ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda brend yaratishga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
ORTOPEDIK STOMATOLOGIYA PROPEDEVTIKASI
"Ortopedik stomatologiya propedevtikasi" darsligi respublikadagi sog'liqni saqlash tizimida o'tkazilayotgan islohotlar kesimida muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan ushbu darslik stomatologik kabinet, uning jihozlanishi, ortoped stomatolog uchun kerak bo'lgan asbob-uskunalar, tish-jag' sistemasining anatomo-topografik tuzilishi, protez turlari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar kabilarni qamrab oladi. Ushbu darslik o'quv rejadagi namunaviy dastur mavzusi asosida tayyorlangan. Darslikda protez turlari, ortopedik stomatologiya xonasi va uning tuzilishi, jihozlanishi, dastaklar va ularning turlari, qoliplar, modellar va ularning turiari, ishlatilish mexanizmi, qolip olish usullari, ortopedik stomatologiyada ishlatiladigan og'riqsizlantirish usullari va hokazolar to'liq yoritib ko'rsatilgan.