-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Zoologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zoologiyadan (umurtqasizlar zoologiyasi) amaliy mag‘ulotlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bunda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishtirish va laboratoriya sharoitida uiami yorib, anatomik va morfologik tuzilishlarini mikroskoplar yordamida ko‘rib o‘rganish kabi ishlarga talabalar e’tiborini jalb qilishga harakat qilingan va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan har bir hayvon surati ham berilgan. 0 ‘quv qo‘llanma biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Турмуш фаровонлиги назарияси
Ўқув қўлланма мазмунини баён этишда Президент Ш.М. Мирзиёев асарлари, республика қонунлари ва бошқа меъёрий ҳужжатлардан, мамлакатимизда нашр этилган дарслик ҳамда ва ўқув қўлланмалардан, шунингдек, унинг илмий ва амалий жиҳатдан мукаммаллик даражасини ошириш мақсадида монография, диссертация ва авторефератлар, республика ҳаётига оид статистик материаллардан кенг фойдаланилган.
-
Interyerda kompozitsiya va rang
Ushbu o`quv qo`llanma "interyer dizayn" yo`nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan va unda topshiriqlarning berilishi, ularning bajarilish jarayonlari to`liq tahlil etilgan. Kompozitsiya tamoyillari va ranglar uyg`nligi, ranglarning insonga psixologik ta`siri haqida loyihalashdagi nazariy tushunchalarni amaliy mashg`ulotlarda bajarilishi atroflicha bayon etilgan.
-
Социология
Китобда социология фани, унинг жамият ҳаётидаги роли, функцияси, тарихий ривожланиш босқичлари, унинг назарий масалалари, махсус соҳалари, методологияси, ҳамда конкрет социологик тадқиқот ўтказиш усуллари баён қилинган.
-
Ўзбек тили
Китоб тилшунос олимлар,тадқиқотчилар,талабалар ва тилшунослик масалалари билан қизиқувчи ўқувчиларга мўлжалланган. Ушбу китобда тилшунос олим Иномжон Расулов "Танланган асарлар"ининг биринчи жилдига олимнинг монографиядан танланиб, ҳозирги ўзбек адабий тили синтаксиси ва стилистикасига оид асарлари киритилди.
-
An'anaviy xonandalik
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq va pedagogik OTM Musiqa ta'limi yo'nalishi uchun mo'ljallangan.
-
Plastik anatomiya
Mazkur o'quv qo'llanma tasviriy va amaliy san'at yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga hamda shu sohaga aloqador bo'lgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu qo`llanmada tasviriy san'atning asoslaridan biri bo'lgan plastik anatomiya fanining qisqacha yujudga kelish tarixi hamda inson skeleti, bosh suyagi va undagi muskullar haqida bayon etilgan. Xususan, odam bosh suyagi qismlarining nomlanishi va bo'lajak rassom ijodkorlarning badiiy obraz yaratishlari uchun bosh qismidagi mimik muskullarning harakat holati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Гидротехника иншоотлари
Мазкур ўқув қўлланма талабаларга гидротехника иншоотлари ва унra яқин фанларни ўрганишдаги назарий билимларни чуқур ўзлаштириш учун ёрдам мақсадидa бу кўникмаларни сув олиш иншоотлари бўғинини лойиҳалаштиришда конкрет масалаларни мустақил ечиш учун қўллаш мақсадида тузилган.
-
Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
Adabiy tahrir hamon til va uslub bilan jips bog‘liq ekan, demak, termin (maxsus so‘z va so‘z birikmasi)ning o ‘rinli qo‘llanilganligi hamda uslubga muvofiqligi masalasi ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa ilm, fan- texnika jadal rivojlanayotgan, axborot ayirboshlash sur’ati mislsiz oshgan bugungi kunda ushbu masala alohida dolzarblik kasb etadi.
-
Matematik tahlil I
Qo'llanma bakalavriatning ''fizika'' yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, undan bakalavriatning ''matematika'', ''mexanika'', ''amaliy matematika va informatika'' yo'nalishlari talabalari hamda o'qituvchilar ham o'qituvchilar ham foydalanishi ko'zda tutilgan.
-
Маъмурий ишлар бўйича суд амалиёти
Мазкур қўлланма маъмурий судлар томонидан маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар ҳамда маъмурий ва бошқа оммавий ҳуқуқий муносабатлардан келиб чиқадиган ишларни кўриш натижалари бўйича ўтказилган суд амалиёти умумлашмалари ва қабул қилинган суд қарорлари асосида тайёрланган бўлиб,ушбу қўлланмани тайёрлашдан мақсад судларда ягона суд амалиётини шакллантириш, фуқаролар ва хўжалик юритувчи субъектлар вакилларининг ҳуқуқий маданиятини янада ошириш, уларнинг хуқуқлари ва қонуний манфаатлари ҳимоясини ҳар томонлама таъминлашдан иборат.
-
English for art and design students
Ushbu o`quv qo`llanma zamonaviy pedagogik texnogiyalar asosida tayyorlangan.Undagi tanlangan matnlar asosida nutq malakalari turlari,tinglab tushunish,gapirish,o`qish va yozuv orqali talabalarni ingliz tilida nutqini o`stirish ko`zda tutilgan.O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlari tasviriy va amaliy san'at,san'atshunoslik hamda dizayn yo'nalishlarida tahsil oluvchi III kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Qurilish kimyosi
Qurilish kimyosi o`quv qo`llanmasi qurilish materiallar ishlab chiqarish, muhandis qurilishi infrastrukturas,i bino va inshootlar qurilishi, gidrotexnik inshootlar, metrologiya va standartlashtirish, shahar qurilishi va texnologiyasi, qurilish materiallari kimyosi yo`nalishlari bo`yicha texnika bakalavrlarini tayyorlash uchun mo`ljallangan.
-
Matematik tahlil 1
O'quv qo'llanma aniqmas integral, aniq integral va uning tadbiqlari, xosmas integrallar va ko'p o'zgaruvchili funksiyalar hamda ularning fizika masalalarini yechishga tadbiqlari mavzulari bo'yicha talabalarda misol va masalalarni mustaqil yechish ko'nikmasini hosil qilishga mo'ljallangan.
-
Қадимги Туркий матнлар юзасидан амалий машғулотлар
Университетлар ва педагогик институтларнинг ўқув режасида "Қадимги Туркий тили" ва "Эски ўзбек тили" фанларига ажратилган соатларнинг куп қисми амалий машғулот, мустақил иш ва лаборатория ишига ажратилганю
-
Matematik tahlil I, 3-qism. Fiziklar uchun amaliy mashg‘ulotlar.
Qo'llanmaning har bir paragrafida, avvalo mavzuning nazariy qismidan qisqacha axborot berilgan, so‘ngra mavzuga mos tipik misol va masalalar batafsil yechib kо'rsatilgan hamda mustaqil ishlash uchun yetarli miqdorda misol va masalalar javoblari bilan berilgan. Uslubiy qo‘llanma bakalavriatning «fizika» yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan bakalavriatning «matematika, manexanika», «amaliy matematika va informatika» yo ‘nalishlari talabalari hamda о'qituvchilar ham foydalanishi kо‘zda tutilgan.