-
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Kasbiy psixologiya
Ushbu oʻquv qoʻllanmada kasb-hunar egallashning ijtimoiy-tarixiy muammolari, kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari, kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihatlari, shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlari, kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning oʻrni, professiografiya (professiogramma) toʻgʻrisida umumiy tushuncha, kasbiy tanlovning umumiy masalalari va uning tuzilishi, kasbiy faoliyat va bilish jarayonlari, tafakkur, intellekt, nutq, kasbga yoʻnaltirish omillari va kasblarning psixologik tasnifi, kasbiy xususiyatlarni tadqiq etish usullari, kasbiy xususiyatlar psixodiagnostikasi kabi ilmiynazariy ma’lumotlar keltirilgan. Oʻquv qoʻllanmadan oliy oʻquv yurtlarining talabalari, magistrantlar, ilmiy xodimlar, umuman, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.
-
Merchendayzing
Ushbu o'quv qo'llanmada merchendayzing mohiyati, maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi va uning asosiy tushunchalari, merchendayzing texnologiyalari, standartlari va qoidalari, chakana savdoda merchendayzingdan foydalanish asosida tovarlarni sotish uslubiyatlari, merchendayzing yondashuvi asosida savdo zalini rejalashtirish va tovarlar namoishi, merchendayzingni boshqarish tizimlari va vositalari batafsil yoritib berilgan
-
Мерчендайзинг
Учебное пособие для обучающихся по освоению дисциплины «Мерчандайзинг» представлены рекомендации по изучению ее разделов, рекомендации по организации самостоятельной работы студентов, вопросы для самостоятельной оценки знаний.
-
Sanoat korxonalarining energetik audit asoslari
Ushbu o'quv qo'IIanma “Sanoat korxonalarining energetik auditi asoslari“ fani asosida yaratilgan bo'Iib, unda sanoat kогхоnаlаrining loyihalanishi, qurilishi va foydalanishida energiya xarajatlarini kamaytirish yo'llari hamda zamonaviy usullar yordamida Respublika hududida sanoat kогхопаlагining еnergiya samaradorligini oshirjsh hamda energetik auditi asoslari bilan bog'Iiq me`yorlari va qoidalari, ilmiy tadqiqotlar va amaliy masalalarni 60710900 - “Energiya tejamkorligi va еnergoaudit" ta'lim yo'nalishi talabalari, mustaqil faoliyatida lahliliy yondoshish ko'nikmalari hosiI qilishga zarur bo'ladigan аxborotlar bilan ta`minlangan.
-
MATERIALSHUNOSLIK, RANGTASVIR TEXNIKA TEXNOLOGIYASI
O’quv qo’llanma bakalavr yo’nalishi bo’yicha tarixi yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Unda akvarel, guash, moybo'yoqlarini qadimdan tabiatdan olinishi, qadimgi rassom ustalarimizning tabiatdan ranglar tayyorlash texnologiyalari, rangtasvir texnologiyasi, qadimgi rassom ustalarining rangtasvir asarlari xususiyatlari, miniatyura texnologiyalari restavrasiya qilish, nusxa ko'chirish rangtasvirda materiallar xususiyatlari, akvarel bilan ishlash usullari ko’rib chiqiladi.
-
San'at sohasida axborot texnologiyalari
Mazkur dаrslik 60210800 - Аmаliy sаn'аt bаkаlаvr tа’lim yо‘nаlishidа tаhsil оlаyоtgаn tаlаbаlаr uсhun mо‘ljаllаngаn. Аsоsiy е’tibоr ахbоrоt tехnоlоgiyаlаrining tаsniflаnishigа, turli оpеrаtsiоn tizimlаr, mаtn vа jаdvаl ахbоrоtlаrini qаytа ishlаshgа, tаqdimоtlаrni tаyyоrlаsh tехnоlоgiyаsigа, mа’lumоtlаr bаzаsi, grаfik аxborotlаr bilаn ishlаsh tеxnologiyаsigа, sohаdа publikаtsiyаlаr yаrаtish tеxnologiyаsigа, intеrnеt tаrmog‘idаn foydаlаnishgа qаrаtilgаn.
-
Investitsiya va innovatsiyalar
Darslikda investitsiya va innovasiyalarning mohiyati, investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, ularning tasniflanishi, investitsion faoliyat va investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllari va iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy hududlarning o'rni, xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, venchur kapital, investitsion faoliyatda risklar, ularning turlari, vyjudga kelish shart-sharoitlari, ularni boshqarish usullari, innovatsion faoliyatini baholash, investitsion muhitni yaxshilashda hamda инновацион-инвестицион фаолликни oshirishda davlatning roli yoritib berilgan. Darslik biznes va boshqaruv ta'lim sohasidagi bakalavriyat yo'nalishlari talabalariga tavsiya etiladi
-
Magnit yarimo‘tkazgichlar va spintronika
“Magnit yarimo‘tkazgichlar va spintronika” о‘quv qо‘llаnmаsі О‘zbеkіstоn Rеsрublіkаsі Оlіy tа’lіm, fаn vа іnnоvаtsіyаlаr vаzіrlіgі tоmоnіdаn tаsdіqlаngаn unіvеrsіtеtlаrnіng Yarimo‘tkazgichlar fizikasi mutaxasisligi bо‘yісhа magistr bоsqісhіdа о‘qіtіlаdіgаn Magnit yarimo‘tkazgichlar va spintronika рrеdmеtі о‘quv rеjаlаrіgа muvоfіq tuzіlgаn nа’munаvіy о‘quv dаsturі аsоsіdа yоzіlgаn.
-
Kreativlik va innovatsiya
O'quv qo'llanmada kreativlik va innovasiyalarning iqtisodiy ahamiyati, iqtisodiyotda tutgan o'rni, korxonalarda innovatsion jarayonga kirishish tartibi, kreativlik va innovatsiyalar uchun muhit yaratish, innovatsion jarayonlarni boshqarish va strategik hamkorlik asoslarining mohiyati, innovatsiyalar va bozor, yangi mahsulot g'oyalari uchun kraudsorsing, inson kapitali indeksi, innovatsion diffuziya nazariyalari, korxona va tashkilotlarda innovatsion jarayonni tahlil qilish uchun SIPOC modelining o'rni, xizmatlar sohasida innovatsiyalar va iste'molchi, innovatsion jarayon modellari va boshqa mavzularning mohiyati kreativ tarzda yoritilgan
-
Biznesda qarorlar qabul qilish
Mazkur darslik o'quv dasturida belgilangan mavzular bo'yicha materialni taqdim etish uchun aniq va izchil tuzilishga ega. Har bir bosqich uchun turli darajadagi murakkablikdagi muayyan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ma'lum usullarning aksariyati berilgan. Darslikda keltirilgan iqtisodiy va boshqaruv muammolarini hal qilish vositalari qarorlar qabul qilish metodologiyasining muayyan bosqichlari va tartiblariga maxsus moslashtirilgan. Ko'rib chiqilayotgan material amaliy vaziyatlar uchun tegishli texnika va algoritmlarni qo'llashni aks ettiruvchi misollar bilan tasvirlangan
-
Yarimo‘tkazgichli optoelektron asboblar
Ushbu uslubiy qo‘llanmada hozirgi zamon optoelektron elektron asboblarnig asosini yarimo‘tkazgichli asboblar tashkil qilishini e’tiborga olgan holda, avvalo yarimo‘tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari va ular asosidagi asboblar o‘rganilgan. So‘ng, optoelektron asboblarda yuz beradigan optik nurlanishni asosiy xususiyatlari va parametrlari, yarimo‘tkazgichli nurlagichlarlarning (yorug‘lik diodlar) parametrlari va xarakteristikalari, fotoqabulqilgichlarning parametrlari va xarakteristikalari va optron qurilmalar o‘rganilgan.
-
Элементар математика масалалари тўплами
Бу тўпламларнинг юқорида айтиб ўтилган масалалар тўпламларидан фарқи шундаки, бу китобларда материаллар мактабларнинг математика программасига мослаб, темалар бўйича жойлаштирилган. Ушбу масалалар тўплами (1-қисми) асосан VI-VIII синф ўқувчисининг математик савиясини олимпиада масалаларини еча олиш даражасига кўтаришни назарда тутади. Қўлланмада ҳар бир темага тегишли мисол ва масалалардан намуналар ишлаб кўрсатилган. Ишланган мисол ва масалаларнинг кетидан уларга ўхшашлари берилган. Ўхшашларининг қийинроқларини ечиш ҳақида китоб охирида тегишли кўрсатмалар берилган. Ҳар бир тема охирида анчагина оғирроқ мисол ва масалалар (олимпиада масалалари ҳам) берилган.
-
KASB- HUNARGA YO'NALTIRISH
"KASB - HUNARGA YO'NALTIRISH" FANI 60112300- TEXNOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARI UCHUN O'TILADIGAN MUHIM FANLARDAN BIRI BO'LIB, BU FANNI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNI YOSH AVLODNI ONGLI RAVSHDA KASB TANLASHGA TAYYORLASH, ULARNING QIZIQISHLARI , QOBILIYATLARI, VA IMKONIYATLARIGA MOS KASB HUNARNI TANLASHDA KO'MAKLASHISH, AYNIQSA TEXNOLOGIK TA'LIM YO'NALISHI DOIRASIDA O'QUVCHILARNI ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARI BILAN BOG'LIQ KASBLARDA YO'NALTIRISH KO'ZDA TUTILGAN.
-
Nazariy mexanika. Amaliy mashg’ulotlarda masalalar echish
Ushbu <<Nazariy mexanika» fanidan uslubiy ko'rsatma 60712400 Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 60720800 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishlari jihozlari va ularni avtomatlashtirish, 60720600 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, 60712500-Tranport vositalasri muxandisligi, 60711300-Metralogiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti,60720700-Texnologik mashina va jixozlar yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash namunaviy va ishchi dasturlar asosida tuzilgan. <<Nazariy mexanika» fanidan ta masala yechimlari uslubiy qo'llanma sifatida yechilgan. Nazariy mexanika qursini o'qitish jarayonida masalalar yechish mashg'ulotlari amaliy ahamiyatga ega. Ushbu uslubiy qo'llanma talabalarga nazariy mexanika fani masalalarini yechishda katta yordam beradi. Shuningdek ular berilgan muxandislik masalalarini xisob sxemalarini chizishni, muvozanat tenglamalar tuzishni, ularni yechishni va natijalarni taxlil qilish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishadi. Mazkur uslubiy qo'llanmadan muxandislik yo'nalishlarining talabalari, magistrant va yosh o'qituvchilar keng ko'lamda foydalanishlari mumkin.
-
Raqamli marketing
Ushbu o'quv qo'llanmada keltirilgan mavzular mantiqan ketma-ketlikda tuzilgan boʻlib, unda raqamli marketingning rivojlanish tarixi va uning asosiy tushunchalarining mohiyati, raqamli platforma va kanallar, raqamli biznes, SEO, SMM, PPC, SMO, targeting hamda elektron tijorat tushunchalari, raqamli bozorlarni segmentatsiyalash va maqsadli auditoriyani tanlash, tegishli ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash orqali raqamli marketing tadqiqotlarini o'tkazish va raqobatchilarni har tomonlama tahlil qilish, CRM, KPI, ROI, konversiya ko'rsatgichlarini tahlil qilish, eng optimal raqamli marketing texnologiyalari va strategiyasini tanlash va uni korxonalar faoliyatida samarali amalga oshirish hamda onlayn do'kon, SMM kompaniyalarini yaratish, global raqamli bozorda raqobatbardoshlikni ta'minlash bo'yicha to'liq ma'lumotlar keltirilgan.
-
Tibbiy va biologik fizika
Tibbiy va biologik fizika fundamental fanlardan biri bo'lib, uni o'rganish tibbiyot sohasidagi mutaxaşislar uchun zarur bo'lgan boshqa fanlarga asos bo'ladi.