-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
Bolalar adabiyoti
Ushbu darslik 2002-yilda o'tkazilgan "Yilning yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti" respublika tanlovida birinchi o'rinni egallagan.Yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish, ularni mamlakatimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek ulug‘ maqsadni ko‘zlab yozilgan mazkur „Bolalar adabiyoti“ (darslik-majmua) kitobi kasb-hunar kollejlarining „Maktabgacha ta’lim“ bo‘limi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan bolalar adabiyotiga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin
-
Karies kasalligi
O`quv qo`llanmada terapevtik stomatologiya sohasida vrachlar kasbini rivojlantirish maqsadi va vazifalari, kutilgan natijalar, ma`ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, seminarlarning mavzusi, ularni o`tkazish uchun uslubiy tavsiyalar hamda vrach-terapevt-stomatolog bilimlarini rivojlantirsh va davolash samaradorligini oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar, fan va texnikaning oxirgi yutuqlariga tayangan holda aks ettirilgan va stomatologiya sohasidagi zamonaviy adabiyotlar keltirilgan. Ushbu o`quv qo`llanma stomatologiya talabalari hamda malaka oshirish vrachlarining bilimlarini yanada rivojlantirish uchun mo`ljallangan.
-
Bolalar yuqumli kasalliklari
Qo'llanmada bolalar orasida uchrayotgan yuqumli kasalliklarining asosiy kechish xususiyatlari, etiologik tizimi, epidemiologiyasi, patogenez tizmasi, klinik kechimi va tasnifi, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga va kasalxonaga yotqizishga ko'rsatmalar yoritilgan.
-
Мутафаккирлар аҳлоқ ва адолат ҳақида
Одоб ва аҳлоқ, адолат тушунчалари бир занжирнинг чамбарчас халқаларидир. Одоб ва аҳлоқ йўқ макон-у замондан, инсон қалби ва хатти-ҳаракатидан адолат қувғинда ва аксинча, адолат бўлмаган жойдан одоб ва ахлоқ излаш бефойда. Зотан улуғ аждодларимиз ҳам бу умуминсоний неъматларнинг шундай узвий бирликда кўрганлар ва бизга таълим берганлар. Қўлингиздаги ушбу рисолада ҳам улуғ алломаларимизнинг одоб ва ахлоқ, адолат борасидаги қарашлари ўрин олган. Рисола сизнинг китоб жавонингиздан муносиб ўрин олишига ишонамиз.
-
Aruz ilmi
Ushbu darslik aruz ilmining qonun-qoidalari, tarkibiy qismlari, aruz bahrlari va aruz doirlari hamda mavarounnahrlik olimlarning aruzga doir asarlari haqidagi ma’lumotlarni o'z ichida qamrab olgan. Mazkur darslik “Arab filologiyasi” va “Mumtoz filologiya” mutaxassisligi bo ‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘Ijallangan.
-
Pediatrning amaliy ko’nikmalari
O’quv – uslubiy qo’llanma tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, har xil yoshdagi sog’lom va bemor bolalarni ob’ektiv baholashda kasbiy malaka va amaliy ko’nikmalarini chuqur egallashga ko’maklashish, hamda o’tkaziladigan tekshiruv ishlari samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
-
Kasb mahorati
Ushbu о'quv qо'llanma oliy о'quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mо'ljallangan bo'lib, unda paxtachilikni rivojlanish bosqichlari, chigitli paxtani qabul qilish jarayoni va uni boshqarish yо'llari, paxtani g'aram maydonlari va yopiq omborlarda saqlash, paxta tozalash korxonalari va paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan paxta tasish vositalari, chigitli paxtani quritish va iflos aralashmalardan tozalash jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida jinlash va linterlash jarayonlari, tola tozalash jarayoni va paxta tozalash korxonalarining mexanika bо'limi bо'yicha malumotlar keltirilgan
-
Ma`naviyat asoslari (Barkamol avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta`limniinsonparvarlashtirish texnologiyasi)
Tarbiyaviy muammolari yechimini hal qilishda milliy tarbiyani yuksaltirish, ma’naviyat va mafkuramizni yuksak bosqichlariga ko‘taradigan milliy g‘oya, mafkura g‘oyalarini rivojlantirishda ta’lim muassasalari faoliyatlarini ham yuksaltirishga katta e’tibor berish lozim. Shunga ko‘ra, biz ijtimoiy-gumanitar fanlari o`qitishda ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lash va talaba-yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash usullaridan keng foydalanish maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishni maqsad qildik.
-
Fizikadan masalalar to'plami
Kitob 5 ta bobga bo'lingan. Har bir bob uch qismga ajratilgan. Birinchi qismda shu bobga tegishli asosiy formulalar va qanuniyatlar keltirilgan. Bu formulalar shunchalik mufassal yozilganki, ularning qatorida maktabda o'rgatilishi mumkin bo'lgan, lekin hozirgi kunda darsliklarda qayd etilmaganlari ham bor. Bunday formulalar fizikani chuqur o'rganuvchilarda qiziqish uyg'otadi. Bu formulalardan ba' zilarining isboti namuna uchun echib ko' rsatilgan masalalarda keltirilgan. Ikkinchi qismida turli qiyinlik darajasiga ega bo'lgan bir qancha masalalar mufassal echib ko'rsatilgan. Birinchi navbatda bu masalalarning echimlarini tahlil qilish kerak. Bu jarayon davomida talabalarning masala echish bo'yicha mahorati va tajribasi ortadi. Uchinchi qismda mustaqil echish uchun mo'ljallangan masalalar keltirilgan. Bu masalalarning qiyinlik darajasi turlicha bo'lib, ular safida odatdagi maktabda ishlanadigan va bir formula ishlatish yo' li bilan echiladiigan masalalardan tortib, chuqur fikr yuritishni taqozo etuvchi Olimpiada masalalarigacha bor:.
-
Математик физика тенгламалари фанидан масалалар тщплами
Мазкур масалалар тўплами университетнинг математика, амалий математика ва информатика, механика ва физика йуналишларида таълим олаётган талабалари учун мўлжалланган.
-
Стоматологияда қўлланилувчи дори воситалари
Ушбу ўқув қўлланмада ҳам бугунги кунда стоматология амалиётида энг кўп ишлатилувчи дори востиалари, уларнинг рецептлари ҳақида маълумотлар имкон қадар кенгайтирилган. Қўлланма асосий стоматологик касалликлар, яъни нокариоз жароҳатланиш, кариес, пульпит, периодонтит, пародонт, оғиз бўшлиғи шиллиқ қавати касалликлари нозологик шакли асосида тузилган. Ўқув қўлланма тиббиёт институтларининг талабалари, амалиётдаги стоматологлар, ВМОФ курсантларига, клиник ординаторларга, магистрларга ва умумий амалиёт шифокорларига мўлжалланган
-
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati
Tavsiya etilayotgan ushbu qo`llanmada madaniy tadbirlarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari, uning nazariy va amaliy jihatlari, sahnalashtirish san'ati, tadbirlar turlari va spetsifik xususiyatlari, tadbirlarni tashkil etishning usul va vositalari, madaniy tadbirlar dramaturgiyasi (ssenariynavislik mahorati), badiiy jamoalar bilan ishlash, bir so`z bilan aytganda madaniy tadbirlarni tashkil etishning ijodiy va tashkiliy jarayonlari keng yoritilgan. Mazkur o`quv qo`llanma san`at va madaniyat sohasi bo`yicha shug`ullanuvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
-
Текстильное материаловедение
Приведены общие сведения о свойствах волокон, нитей, тканей, трикотажных и нетканых материалах. Рассмотрены особенности их строения, способы получения, методы определения показателей качества. Освещены контроль и управление качеством текстильных материалов.
-
An'anaviy yakka xonandalik
“An’anaviy yakka xonandalik” fani. 0‘zbekiston oliy musiqa ta’limida professional kadrlar tayyorlash jarayonida yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta ’minlab borishga alohida e ’tibor berilmoqda. Bu borada “0‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da musiqa san’atini yanada rivojlantirishga oid yangi vazifalar qo‘yilgan. Oliy musiqa ta’limi muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada An’anaviy yakka xonandalik san’atining mazmuni, tarixi va ijrochilik uslublari tizimli tahlil qilib berilgan.
-
Fizika optika, atom va yadro fizikasi 3-kitob
Mazkur o'quv qo'llanma fizika sifatida o'rganiladigan aniq va tabiiy yo'nalishidagi akademik litseylar uchun mo'ljallangan dastur asosida yozilgan. Qo'llanma fizikaning elektromagnit to'lqinlar, optika, atom, va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi bo'limlari, olamning yagona fizik manzarasi bayoni bilan yoritilgan hamda fizika masalalarining izohli yechimlari namunalari bilan boyitilgan
-
Дифференциал ва интеграл ҳисоб. 2-том.
Oliy texnika o'quv yutrlari talabalari uchun "Differensial va integral hisob" darslik. Darslikda "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari" va "Matritsalar. Chiziqli defferensial tenglamalar sistemalarini va ularning yechimlarini matritsalar orqali yozish" boblari qo'shilgan.