-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Chizmachilik
Mazkur oʻquv qoʻllanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5110800 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo‘nalishi ixtisosligi uchun tasdiqlangan “Chizmachilik” fan dasturiga muvofiq yozilgan. Oʻquv qoʻllanmada chizmachilik fanining “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limi batafsil va keng yoritilgan. Unda vint chiziqlari va sirtlari, rezba va uning turlari, rezbaning belgilanishi va tasvirlanishi, ajraluvchi va ajralmas birikmalar, uzatma va uning turlari, sxemalar haqida materiallar batafsil yoritilgan. Oʻquv qoʻllanmada mashinasozlik chizmachiligiga oid ma’lumotlarning uzviy bog‘liqligi va ajralmasligi hisobga olingan.
-
Қулфли ва телескопик бирикмали тиш протезлари
Протезлашдан асосий мақсад эса чайнаш функцияси, нутқ ва эстетикадан тиклашдир. Шунинг учун ечиладиган тиш протезларининг қулфли ва телескопик маҳкамлаш усуллари билан протезларни тайёрлашнинг усуллари, уларнинг моҳиятини ўрганиш ва амалиётда қўллаш ўз долзарблигини йўқотмаган.”Қулфли ва телескопик бирикмали тиш протезлари” номли бу қўлланма стоматологларнинг ечиладиган тиш протезлари билан тиш қаторлари нуқсонларини тиклаш бўйича ўз билимларини оширишларига муносиб ёрдам бўлиши мумкин
-
Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari
O'quv qo'llanmada fanning maqsadi, vazifalari, tarmoqlari soxa uchun ahamiyati bayon qilingan. Shuningdek yerning paydo bo'lishi tuzilishi tarkibi, rivojlanish tarixi, mineral, tog' jinslar va geologik yilnomalar bayon qilingan.
-
Termodinamika asoslari
O'quv qo'llanmada jismning holati, holat o'zgarish parametrlari, issiqlik sig'imi, termodinamik jarayonlar, suv bug'i, nam havo, issiqlik uzatilish turlari, issiqlik almashinuv apparatlari, issiqlik dvigatellari, dvigatellar sikllari, gaz va bug' turbina qurilmalarining sikllari bayon etilgan.
-
Tashqi iqtisodiy faoliyatda strategik rejalashtirish.
Ushbu o'quv qo'llanmada tashqi iqtisodiy faoliyatda strategik rejalashtirish , tashkilotning tashkil qiluvchi a'zolarini iqtisodiy jarayonlarni istiqbollash asosini ta'minlash. Rahbariyatni harakat qarorlari majmuasi.Strategik rejalashtirish orqali firmaning tashqi sharoitga moslashishi.Strategik rejalashtirish orqali TIF ni samarali muvofiqlashtirish .Strategik rejalashtirishning natijasi aniq rejalar majmuasi har tomonlama tashkilotning topshiriqlarini amalga oshirishga va maqsadga erishishini ta'minlashga yo'naltirilgan omillari.
-
III va IV-sinf niviler tarmoqlarini sodda usullarda tenglash
Mazkur uslubiy qo`llanma geodeziya fanidan tuzilgan bo`lib, bunda talabalar III va IV-sinf nivelirlash tarmoqlarini sodda usullar bo`yicha tenglashga oid nazariy hamda amaliy bilim, ko`nikmalarga ega bo`ladilar. Nivelirlash tarmoqlarini fenglash dolzarb mavzu bo`lib, geodeziya amaliyotlda keng qo`llaniladi.
-
Логистикада бошқарув жараёнлари
Бу қўлланмада Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёти ривожланиб бориши натажасида, эркин рақобат ва аҳолининг турмуш фаровонлигини оширишда логистиканинг мавқеи ошиб бориши, корхона ва ташкилотлар негизида логистик фаолиятини ташкил этиш, тадбиркорлик соҳасидаги изланишларнинг моҳиятига, мазмунига ва йўналишига бағишланган масалалар киради.
-
Логика : учебник для вузов
Рассматривается круг логических вопросов и проблем, который можно охарактеризовать как "практическая логика". Анализируются вопросы практического применения логики, в частности, в педагогическом процессе.
-
Цифровые системы. Теория и практика
В восьмом издании книги более широко рассмотрены программируемые логические устройства (ПЛУ). Эта технология быстро вытесняет в современных цифровых системах микросхемы малой (МИС) и средней степени интеграции (СИС). Благодаря тому, что ПЛУ рассматриваются в самых разно образных разделах этой книги, читатель может получить представление об альтернативных путях реализации цифровых логических схем - от простейших логических элементов до сложных систем.
-
Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar
Fizikaviy kimyo fizikaviy va kimyoviy hodisalar orasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Kimyoviy reaksiyalar turli fizikaviy jarayonlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalar issiqlik ajralib chiqishi, yutilishi, yorug‘likning yutilishi yoki ajralib chiqishi, elektrik hodisalar, hajmning o‘zgarishi kabi turli fizikaviy jarayonlarning borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishida kimyoviy va fizikaviy hodisalar o‘zaro bog‘liqdir. Bu bog‘liqlikni o‘rganish fizikaviy kimyoning asosiy vazifasidir.
-
Macromedia Dreamweaver MX
Книга посвящена описанию визуального Web-редактора Macromedia Dreamweaver MX. Изложение материала ведется от простого к сложному, начиная со способов создания примитивных Web-страничек и заканчивая основами построения сложных сайтов, включая серверное программирование и работу с базами данных. Представлены приемы, позволяющие наиболее эффективно применять для этих целей Dreamweaver MX. Приводятся примеры использования мощных средств этого Web-редактора, описаны создаваемые им теги HTML и коды JavaScript, даются рекомендации по предупреждению возможных ошибок. Рассмотрены особенности Web-дизайна, включая табличный и фреймовый его виды. Книга написана простым языком в увлекательном стиле, что позволяет даже неискушенному в Web-технологиях читателю быстро освоить новейшие возможности Dreamweaver MX.
-
Atom fizikasi
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizim ini darslik va o'quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2009-yil 5-yanvar 4-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 23-avgust 2008-yilda tasdiqlangan fizik-bakalavr yo'nalishlari uchun tuzilgan atom fizikasi dasturi asosida tayyorlandi. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining fizik- bakalavr mutaxassisligi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalarga, umuman, fizik mutaxassislarga mo'ljallangan.Ushbu o'quv qo'llanmada atom fizikasi fanining taraqqiyot bosqichlari, yutuqlari, issiqlik nurlanishi, elektromagnit nurlanishning korpuskulyar xusu- siyatlari, zarralar va to'lqinlar, vodorod atomining Bor nazariyasi, kvant mexanikasining asoslari, bir elektronli va ko'p elektronli atomlar, rentgen spektrlari, atom tashqi kuchlar maydonida, molekulalar xususiyatlari va qattiq jismlarga oid ma’lumotlar bayon qilingan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari fizik-bakalavrlari, magistrantlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari talabalari, umuman, atom fizikasi faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Oqova suvlarni tozalash
Darslik aholi yashash joylarida hosil bo`ladigan xo`jalik-maishiy oqova suvlarini mexanik va biologik tozalash hamda ularni zararsizlantirish uslublarining nazariy masalalari,inshootlarini loyihalash va hisoblash usullari keltirilgan.
-
Биохимиядан амалий машғулотлар
Тасис қилинаётган ўқув қўлланма болалар организмининг таркибий ва функционал хусусиятлари, айрим биокимёвий жараёнларнинг ўзига хослиси кўрсатилган. Китобда шунингдек оқсил, карбонсув, ёғлар алмашинуви охирги маҳсулотларининг болалар организми учун таркибий кўрсаткичлари берилган. Қўлланмада кўпроқ ўсиш жараёнида болалар организмида рўй берадиган биокимёвий ўзгаришлар ҳам келтирилган.
-
Sifat menejmenti
Kitob sifatini boshqarishning kasb yo'naltirilgan kursini o'z ichiga oladi. U mahsulot, ishlar va xizmatlar, jarayonlar va boshqaruv tizimlari sifatini boshqarishning barcha masalalari va usullarining majmuini qamragan.
-
Қон тизимли касалликлари ва ички аъзолар касалликларида оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватидаги ўзгаришлар ва уларнинг диагностик аҳамияти
Қўлланманинг ўқув-информацион қисмида оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватларида ўзгаришлар этиологияси, патогенези клиник ва инструментал-лаборатор диагностикаси, клиник кўриниши акс эттирилган. Қоннинг тизимли касалликлари ва ички аъзолар касалликларида оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватларини замонавий даволашни қўллашга асосланган ёндашувлар келтирилган. Айниқса тизимли ички касалликлар, шу жумладан қоннинг тизимли касалликларида оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватларида кузатиладиган ўзгаришлар ва уларнинг диагностик аҳамиятига алоҳида урғу берилган. Ўқув қўлланма тиббиёт ОТМлари юқори курс студентлар, магистратура резидентлари, клиник ординаторлар, кадрлар малакасини ошириш ва уларни қайта малака ошириш тингловчиларига мўлжалланган