-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Yarimoʻtkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ushbu darslik talabalarga yarimo‘tkazgich materiallarini o‘rganishning mavjud usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, nazariy bilimlarni diplom va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, amaliy masalalarni yechishda qo‘llashda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘quvchilar hukmiga havоla etilayotgan ushbu darslik оliy ta’limning fizika, qattiq jismlar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika mutaxassisligi, magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyotni yozishda, INTERNET оrqali оlingan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chоp etilgan materiallardan ijodiy fоydalanilgan bo‘lib, u kamchiliklardan hоli emas. Shu sababli uning mazmunini, ma’nоsini bоyitish maqsadida berilgan fikr-mulоhazalarni mualliflar minnatdоrchilik bilan e’tiborga olishadi.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilar, professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy lingvodidaktik va kommunikativ yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan. Darslik davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda o‘zbek tilining leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan nazariy ma’lumotlar hamda amaliy topshiriqlar tizimi o‘rin olgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Karakalpak equivalents of english somatic phrasemes
The present book is designed for intermediate and upper-intermediate students of translation department of higher educational establishments. It introduces and practices approximately 500 somatic phraseological units using a variety of motivating and interesting exercise types. Readers can find some pragmatic somatic phraseological units of Karakalpak and English languages as well as their comprehensible definitions, translations and examples in both languages. At the back of the book there are answers to the exercises. Students will enjoy using this stimulating material both in the classroom and at home.
-
English for Sports and Physical Education.
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg'ulotlariga doir qo'llanma
Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg'ulotlariga doir qo'llanma tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma
-
Ona tili o‘qitish texnologiyasi
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining Maxsus pedagogika magistr, bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professoro‘qituvchilari, maxsus maktab-internati o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Ona tili o‘qitish texnologiyasi” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulariga mos holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Har bir mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, talabalar foydalanishlari uchun testlar, darslarda foydalanish uchun ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zaruriy adabiyotlar va glossariy berilgan.
-
Falsafiy antropologiya.
Mazkur darslikda falsafiy antropologiya fanining falsafiy-tarixiy va nazariy asoslari, inson muammosini falsafiy jihatdan o‘rganish masalalari hamda hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotining inson va jamiyat rivojlanishiga ta’siri haqida yoritish maqsadida yozilgan. Darslik davlat standarti asosida, Farg‘ona davlat universitetining “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi namunaviy o‘quv rejasiga mos ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi falsafa mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan. Darslikdan ta’limning barcha yo‘nalish talabalari, magistrlar, tadqiqotchi va fan o‘qituvchilari hamda falsafiy antropologiyani mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda “Falsafiy antropologiya” faniga oid asosiy masalalar, asosiy tushunchalar, nazariy matn, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savolnoma, testlar, glossariy, shuningdek, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
Maxsus ta’limda innovatsion texnologiyalar
Mazkur o‘quv qo‘llanmada pedagogik texnologiyalar ko‘p o‘lchovli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talqin etilib, ularning maxsus ta’lim sharoitidagi nazariy va amaliy ahamiyati yoritiladi. Unda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni o‘qitishda zamonaviy va an’anaviy texnologiyalarning uyg‘unligi, ta’lim jarayonini individuallashtirish va moslashtirish masalalari asoslab beriladi. Qo‘llanmada shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, differensiyalashtirilgan va moslashuvchan ta’lim texnologiyalari, shuningdek, maxsus ta’limda axborot-kommunikatsiya, korreksion, inklyuziv va sog‘liqni himoyalovchi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari tahlil qilinadi.Mazkur o‘quv qo‘llanma maxsus pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, pedagoglar va amaliyotchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llashga xizmat qiladi.
-
-
Dasturlash 1,2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
Mazkur darslik chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash o‘quv rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, unda zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan tendensiyalar, zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalar, kompyuterli o‘qitish, muammoli o‘qitish, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar, ijodiy namunalar xususida mulohaza yuritilgan.
-
Eski o`zbek tili va yozuvi praktikumi
Qo'llanmda davlat ta'lim standartlari mazmuniga mos ravishda yozilgan. Qo'llanm aning "Abjad hisobi’’ bo'lim ida M. Hamidovaning "Abjab hisobi va u bilan bog'liq harfiy san’atlar" risolasidan foydalanilgan
-
Turizmda marketing
Mazkur darslik “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarb hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan amaldagi o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan. Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulot topshiriqlari, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
-
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma
-
Ma’muriy huquq sub’yektlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma huquqni qo‘llash amaliyoti natijalari tahlili hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda ma'muriy huquq sub’yektlarining umumiy tavsifi.Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq sub’yekti sifatida. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari.Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan.